“Eng yaxshi kitobxon oila”

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-apreldagi majlisi, 14-sonli bayoni hamda Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining 2023-yil 18-apreldagi 26-sonli buyrug’ining ijrosini taʼminlash maqsadida, 2023 yil 22 avgust kuni Toshkent shahar Mirobod tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Eng yaxshi kitobxon oila” mavzusida koʻrik tanlov bolib o’tdi. Tanlovni Mirobod tumani axborot-kutubxona markazining eng faol kitobxon oilalari ishtirok etdilar.

Xay’at a’zolaridan O’zbekiston Respublikasi A. Navoiy nomidagi Milliy kutubxona xodimlari, Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi mutaxassislari va O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari baxolab bordilar. Ko’rik tanlov 3 bosqichdan iborat bo’lib, 5 baldan 10 balgacha baholandi. Tanlovda 1-oʻrinni Mirobod tumani 175-maktabining 6-sinf oʻqituvchisi Mirzaqulova Sabina, 2-oʻrinni Mirobod tumani 65- maktabning 11-sinf oʻqituvchisi Abduqaxxorov Rahmatilla, 3-oʻrinni uy bekasi Togʻayeva Gulshodalar egallashdi. G’oliblarga 1-2-3-darajali diplom va esdalik uchun kitoblar sovg’a qilindi.

M. Inoyatova, Toshkent shahar “Bilim” AKM xizmat rahbari

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *